Kompaniyamiz 18 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, parrandachilik va fermerlik yo‘nalishida faoliyat yuritadi. 2025-yil 22-dekabr kuni kompaniyamizning rasmiy brendi tashkil topdi va bugungi kunda u o‘z yo‘nalishida rivojlanayotgan ishonchli tizimga aylandi.
Kompaniya faoliyati boshlangan. Tajriba, bilim va ishonch yillari.
Brend yaratish yo‘lida yangi bosqich.
Kompaniyamizning rasmiy brendi tashkil topdi.
Rivojlanayotgan, ishonchli va zamonaviy tizimga aylangan kompaniya.
Baq-baq — sifatli parranda mahsulotlarini yetishtirish va tayyorlashda har bir bosqichga mas’uliyat bilan yondashadi. Jo‘jalarni parvarish qilishdan tortib, mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan jarayonlarda tozalik, sog‘lom parvarish va sifat nazoratiga alohida e’tibor qaratamiz. Zamonaviy texnologiyalar va puxta yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari orqali mahsulotlarimizning sifati va xavfsizligini doimiy nazorat ostida ushlab turamiz.
Bizning maqsadimiz — har bir mijozga ishonch bilan tanlay oladigan, mazali, sifatli va yangi parranda mahsulotlarini taqdim etish. Baq-baq uchun sifat faqat tayyor mahsulot bilan cheklanmaydi — u parvarish, oziqlantirish, nazorat va yetkazib berishning har bir bosqichida namoyon bo‘ladi.
Ota-ona podasini parvarishlash va inkubatsiya uchun tuxum olish.
Tuxumdan sog‘lom jo‘ja ochirish.
Parrandalar uchun veterinariya preparatlari va vositalari.
Tayyor yemlarni saqlash va fermalarga yetkazish.
Parrandani yetishtirish va parvarishlash.
Go‘shtni sanitariya talablari asosida qayta ishlash va qadoqlash.
Go‘sht va yemlarni yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Parrandani yetishtirish va parvarishlash uchun kerak bo‘ladigan barcha mahsulotlarni taklif qilamiz.
Biz Samarqanddagi NNP (Navobod Naslli Paranda) zavodi bilan hamkorlik qilamiz. Zavod bizni tayyor va muvozanatlashtirilgan sifatli yem mahsulotlari bilan ta’minlaydi.
Parrandalar uchun toza, qulay va nazorat qilinadigan muhitni ta’minlaymiz. Ularning sog‘lom rivojlanishi uchun qulay sharoit, tozalik va muntazam parvarishga alohida e’tibor qaratamiz.
Parrandalarning har bir rivojlanish bosqichida ularning holatini kuzatib, zarur parvarish choralarini amalga oshiramiz. Sog‘lom o‘sish va yaxshi rivojlanish uchun tegishli sharoitlarni yaratamiz.
Parrandalarning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oziqlantirish jarayoniga alohida e’tibor beramiz. Sifatli va muvozanatli ozuqa asosida ularning o‘sishi uchun kerakli sharoitni ta’minlaymiz.
Parrandalar salomatligi va mahsulot xavfsizligini ta’minlash maqsadida muntazam veterinar nazoratini olib boramiz. Har bir bosqichda belgilangan talablar asosida kuzatuv va nazorat amalga oshiriladi.
Har bir ishda tartib-intizom, tozalik va tizimlilikni ustuvor deb bilamiz.
Vazifamizga vijdonan yondashamiz, natijaga javobgar bo‘lamiz va so‘z berganimizda uni bajaramiz.
Hamkasblarimiz, mijozlarimiz va barcha odamlarga hurmat bilan muomala qilamiz.
Birgalikda ishlaymiz, bir-birimizga yordam beramiz va umumiy maqsad sari intilamiz.
Har bir mahsulot va xizmatda sifatni nazorat qilamiz va mijoz ishonchini qozonamiz.
Bilim va tajribamizni uzluksiz oshiramiz, yangilikka ochiq bo‘lamiz va rivojlanishda davom etamiz.